Narzullo Xoliqov bir neça yildan beri Tojikiston poytaxti Duşanbe şahridagi «Varzob» bozorida quriliş materiallarini sotiş bilan şuğullanib keladi. Uning sözlariga köra, pasportsiz sotilişi taqiqlangan quriliş materiallari röyxati mavjud.
«Agar xaridorga mix, temirdan tayyorlangan materiallar yoki kalsiy karbidi kerak bölsa, biz undan pasport körsatişni söraymiz. Xaridor haqidagi barça ma'lumotlar, şuningdek, uning mobil telefon raqamini maxsus daftarga yozib olamiz», - deydi Narzullo Xoliqov.
Daftarda mahalliy IIB muhri bor, tuman militsiya xodimlari vaqti-vaqti bilan quriliş materiallari bozorida reydlar ötkazadi, uning davomida daftardagi yozuvlar, albatta, tekşiriladi. «Bizni jiddiy tarzda ogohlantirişdi – qonunbuzarlik uçun jazo belgilangan. Ba'zida odamlarga juda açinamiz. Aytaylik, olisda joylaşgan qişloqda yaşovçi odam şaharga mix uçun keladi. Biroq uning pasporti yöq. Albatta, açinamiz, biroq heç narsa qila olmaymiz. Ular heç narsasiz qaytib ketişadi», - deydi quriliş materiallari sotuvçisi.
Biroq pasport taqdim etişni yoki mobil telefon raqamini aytişdan keskin boş tortuvçi xaridorlar ham bor. Narzullo Xoliqovning sözlariga köra, köplab sotuvçilarga militsiyaning bunday ogohlantiruv çorasi yoqmayapti – ular daromaddan quruq qolişmoqda, sababi kamdan-kam xaridor bozorga boriş çoğida özi bilan pasportni oladi, deb xabar bermoqda tojik OAV.
Tojikiston IIVdan aniqlik kiritişlariça, quriliş materiallarining ba'zi turlarini pasportsiz sotişga bölgan taqiq mamlakatda terrorçilik hujumlarining oldini oliş maqsadida qöyilgan. «Terrorçilar aksariyat holatlarda bombalarni tayyorlaşda mixlar va boltlardan foydalanadi. Bu materiallarni esa bozordan sotib olişadi», - deya aytib ötgan IIV xodimlaridan biri.
Tojikiston IIV ma'lumotlariga köra, ötgan yili mamlakatda 36 ta terrorçilik xurujining oldi olindi.












