Özbekiston Oliy Majlisi Senatining XIII yalpi majlis yiğilişida Özbekistonning 2018 yilgi davlat byudjyeti tasdiqlandi. Unda yalpi içki mahsulotning 0,02 foizi yoki 59 mlrd söm miqdoridagi profitsit bilan çiqiş belgilangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovning ta'kidlaşiça, 2018 yilda Özbekistonning yalpi içki mahsuloti hajmi 290,6 trln söm, YaIM deflyatori - 14,1 foiz, iste'mol narxlari indeksi - 12-13 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda. Byudjyetning daromad qismi YaIMning 21,4 foizi yoki 62,229 trln söm, xarajatlar qismi esa YaIMning 21,4 foizi yoki 62,17 trln söm darajasida bölişini ta'minlaş rejalaştirilmoqda. Davlat byudjyetining asosiy xarajatlari yönalişlari uning ijtimoiy yönaltirilganligini saqlaşga qaratilgan. 2018 yilda ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln sömni taşkil etadi.
"Davlat dasturlarini amalga oşiriş uçun 8,5 trln sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi. Jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalarini jihozlaşga 815 mlrd söm yoki 2017 yildagidan 3 barobar köp mablağ sarflanadi. 48 ta oliy ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirişga 559,1 mlrd söm yoki 1,5 barobar köproq ajratiladi. 296 ta tibbiyot muassasasini quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş, şuningdek tibbiyot muassasalarini jihozlaşga 803,6 mlrd söm yönaltiriladi. Uy joy-kommunal sohasiga oid işlarni amalga oşirişga 230,3 mlrd söm sarflanadi. Transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 mlrd söm, hududlardagi ijtimoiy infratuzilma obektlarini rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişga 568,6 mlrd söm ajratiladi", deydi u.
2018 yilda YaIM ösiş hajmi 2017 yil bilan soliştirilganda 5,9 foizga ösişi közda tutilgan. Jumladan sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş 6,4 foiz, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş 4 foiz, kapital qöyilmalar hajmining 6,5 foizga ösişi kutilmoqda.
Özbekistonning 2017 yilgi davlat byudjyeti YaIMning 1 foizi yoki 2,4 trln söm miqdoridagi defitsit bilan tasdiqlandi. YaIM ösiş hajmi 5,5 foiz darajasida bölişi kutilmoqda.











