Suriya prezidenti Başar Asad amakivaççasining bevasi 5 dekabrda Germaniyada qoçqin maqomini oldi. Bu haqda Myunster şahri ma'muriy sudi ma'lum qildi.

Sud tomonlarni bu qarori haqida 19 dekabrda xabardor qildi. 

Boşpana söragan ayol Suriya va Livan fuqaroliklariga ega bölib, 1993 yildan Asadning amakivaççasi rafiqasi bölgan. Ayolning turmuş örtoği armiyada yuqori lavozimni egallagan, biroq 2014 yilda sirli tarzda vafot etgan. Juftlikning öğil farzandi bölib, u Suriya harbiy-havo kuçlari polkovnigini janjal vaqtida otib qöygani uçun 2016 yilda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2015 yil sentabrda ayolga hujum qilingan, şundan keyin u oktabrda Livanga köçib ketgan. Ayol 2016 yilda u yerdan Germaniyaga jönab, qoçqin maqomi berilişini sörab ariza topşirgan. 2017 yil yanvarda mutasaddi taşkilot uning iltimosini rad etgan.

Ayol Asadning qarindoşi ekanligi sababli unga Suriya va Livanda xavf mavjudligi vaji bilan sudga şikoyat arizasi topşirgan. Ayol ham muxolif guruhlar, ham amaldagi hukumat tomondan ta'qib qilinişi mumkinligidan xavotir bildirgan. Sud ayolning bu vajlarini unga Germaniyada boşpana beriş uçun yetarli deb topgan. Ayol ayni vaqtda Şimoliy Reyn-Vestfaliya yerida yaşamoqda.