«Ipoteka-bank» ATIB va YeTTB örtasida kiçik biznes loyihalarini moliyalaştiriş va savdo moliyalaştiriş böyiça bitimlar imzolandi.
YeTTB «Ipoteka-bank» ATIBga 30 mln AQŞ dollari miqdorida kredit liniyasini taqdim etiş töğrisida qaror qabul qildi.
2017 yil 20 dekabr kuni «Ipoteka-bank» boş ofisi binosida «Ipoteka-bank» ATIB va YeTTB örtasida kredit bitimlarini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Imzolaş marosimida «Ipoteka-bank» ATIB rahbariyati va YeTTB moliya institutlari bilan işlaş böyiça departamenti direktori Nik Tessiman boşçiligidagi YeTTB delegatsiyasi vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
«Ipoteka-bank» tomonidan bitimlarni Boşqaruv raisi O.Musayev, YeTTB tomonidan N.Tessiman imzoladi.
Kredit bitimlari töplami Özbekiston Respublikasi hududida kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş uçun 25 mln dollarlik kredit liniyasi, şuningdek 5 mln AQŞ dollari miqdorida savdo moliyalaştirilişi dasturidan iborat.

Mazkur bitimlar Ipoteka-bankka Özbekiston Respublikasining barça hududlarida joylaşgan filiallari keng tarmoği orqali YeTTB liniyasi böyiça moliyaviy mablağlarni mamlakat böylab kiçik biznesning eng talabgir loyihalariga yönaltiriş imkonini beradi, bu uşbu sohani rivojlantirişga va ularning maqsadlariga erişişga kömaklaşadi.
Şu bilan birga, savdo moliyalaştirilişi böyiça bitimlar «Ipoteka-bank»ka mamlakat va xorijdagi korxonalar örtasida savdo aloqalarini rivojlantiriş, şu tariqa mintaqaviy integratsiya va korrespondentlik bank xizmatlarini rivojlantirişga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda uşbu kredit liniyasi Özbekiston hududlarida 70 foiz va Toşkent şahridagi «Ipoteka-bank»ning filiallari tomonidan 30 foizda özlaştirilişi kutilmoqda. Kiçik biznes loyihalarini moliyalaştirişning maksimal summasi bir qarz oluvçi uçun 1,5 mln AQŞ dollarini taşkil etadi.
«Ipoteka-bank» ATIB Özbekiston respublikasining eng yirik banklari törtligiga kiradi hamda yetakçi moliya muassasalaridan biri sanaladi. Ipoteka-bankning joriy yil 11 oyidagi moliyaviy körsatkiçlaridan kelib çiqib, şuni ta'kidlab ötiş mumkinki, bankning sof aktivlari 12,9 trln sömni taşkil etdi. Bu joriy yilning boşidan beri aktivlar 125,7 foizga ösganini anglatadi. Bank kredit mablağlari qariyb 10 trln sömni taşkil etdi (ösiş 117,8 foiz). Bankning umumiy kapitali 1,2 trln sömdan oşdi, bu körsatkiç 2017 yilning 1 yanvari bilan taqqoslaganda 173,1 foizga ösdi.













