Amerikaning Variety jurnali 2017 yilning eng muvaffaqiyatli va eng omadsiz filmlarini ma'lum qildi.

Eng yaxşi natijalarni qölga kiritgan kartinalar orasidan «Mö'jiza ayol» (120 mln dollarlik byudjyetga ega bölgani holda jahon prokatida 821 mln dollar), «Ajoyib qizlar» (mos ravişda 19 va 138 mln dollar), «Mö'jiza» (20 mln va 155 mln dollar) joy oldi.

«Mö'jiza ayol»

Şuningdek muvaffaqiyatli filmlar röyxatida «Nari ket» (4,5 mln va 254 mln dollar), «U» (35 mln va 695 mln dollar), «Sohibjamol va maxluq» (160 mln va 1,26 mlrd dollar) ham bor.

Bundan taşqari, röyxatda «Yulduzlar jangi: Sönggi jyedaylar» kartinasi qayd etilgan. U yaqindagina prokatga çiqarilganiga qaramay, jahon böylab işlab topgan mablağlari miqdori 536 mln dollarni taşkil etdi (byudjyeti 250 mln dollarga teng bölgan).

2017 yilda omadsizlikka yuz tutgan filmlar orasida esa «Monstr-traki» (byudjyeti 125 mln dollar bölgani holda prokatda 64 mln dollar işlab topdi), «Qirol Artur qiliçi» (mos ravişda 175 va 148 mln dollar), «Valerian va ming sayyora şahri» (180 mln va 225 mln dollar) qayd etilgan.

«Monstr-traki»

Şuningdek muvaffaqiyat qozona olmagan kartinalar röyxatida «Qoronğu minora» (60 mln va 111 mln dollar), «Va'da» (90 mln va 8 mln dollar), «Geoştorm» (120 mln va 207 mln dollar) ham bor.