Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşi spikeri Dostonbek Jumabekovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Qirğiziston parlamenti nufuzli delegatsiyasining mazkur taşrifi joriy yil Toşkent va Bişkek şaharlarida bölib ötgan oliy darajadagi samarali uçraşuvlarning mantiqiy davomi ekanini alohida ta'kidladi. Şuningdek, bu davlatlar örtasida döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yaqqol tasdiğidir. 

Tomonlarning amaliy hamkorlikni rivojlantirişga bölgan qat'iy siyosiy irodasi, turli darajadagi aloqalar va taşriflar faollaşgani qisqa muddatlarda salmoqli natijalarga erişiş va özaro munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitiş imkonini bergani alohida qayd etildi. 

Mamlakatlar birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan xalqlarning bir-biriga borib-kelişlari uçun qulay şaroitlar yaratilmoqda. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi jadal ortmoqda, hududlar va sanoat korxonalari örtasida kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda. Biznes va madaniy tadbirlar muntazam ötkazilmoqda.

Uçraşuvda Özbekiston va Qirğiziston parlamentlari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Oliy darajadagi taşriflar çoğida erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlar, jumladan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşi örtasida imzolangan Memorandumning amaliy ijrosi doirasida qöşma tadbirlar ötkazilayotgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 
Parlamentlararo hamkorlikning amaldagi mexanizmlari salohiyatidan foydalangan holda, muntazam va tizimli aloqalarni kengaytiriş muhimligi ta'kidlandi. 

Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşi spikeri Dostonbek Jumabekov prezident Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va mazmunli suhbat uçun minnatdorlik bildirdi.  

Mehmon Özbekistonda barça sohalar, jumladan, parlament va fuqarolik jamiyati örnini mustahkamlaş böyiça amalga oşirilayotgan tarkibiy özgariş va islohotlarning yangi bosqiçini yuksak baholadi. 

Qirğiziston Özbekiston bilan döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş yölidagi hamkorlikka tayyor ekani ta'kidlandi.