Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön uçinçi yalpi majlisida Özbekiston içki işlar vaziri P.Bobojonovning içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati töğrisidagi axboroti eşitildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Joriy yilda mamlakatda jinoyatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 11 ming 788 taga, jinoyat qidiruv yönalişidagi jinoyatlar 5 ming 722 taga pasaygan. Ularni turlari böyiça tahlil qiladigan bölsak: qotillik 122 taga, qasddan badanga oğir tan jarohati yetkaziş 94 taga, nomusga tegiş 92 taga, bosqinçilik 78 taga, talonçilik 142 taga, öğirlik 511 taga, firibgarlik 107 taga, bezorilik 848 taga, transport vositalarni olib qoçiş 17 taga kamaygan. 

Profilaktika inspektorlariga samarali xizmat qilişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilayotgani ularning xizmat samaradorligi oşişiga zamin yaratmoqda. Joriy yilda mamlakatning 1 ming 79 mahallasida bironta ham jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmadi. 

Xorazmda “Jamoatçilik nazorat maskanlari” yölga qöyilgani evaziga mavjud mahallalardan 25 foizi, Namangan şahri “Orzu” mahallasidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanilişi natijasida viloyatning 20 foiz mahallasi jinoyatdan holi hududga aylantirilişiga erişildi. 

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida 107, Surxondaryoda 139, Jizzaxda 53, Navoiyda 52, Andijonda 126 mahallada jinoyat sodir etilmadi. 

Bunda prezident taşabbusi asosida har haftaning payşanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, çorşanba kuni “Yonğinlar profilaktikasi” tadbirlari ötkazilayotgani özining ijobiy samarasini bermoqda. 

Şunga qaramay, jinoyatçilik statistikasi olib borilayotgan işlar bugungi kun talablariga hali javob bermasligini körsatmoqda. Amalga oşirilgan kompleks islohotlarga qaramasdan, ayrim rahbar xodimlar tomonidan uning mazmun-mohiyatini töliq tuşunmasdan, öziga töğri xulosa çiqarmasdan, hanuz eski qolip asosida iş olib bormoqda. Buning oqibatida qator hududlarda oğir va öta oğir jinoyatlarning oşib ketişiga, qidiruvda yurgan şaxslarning soni kun sayin oşib borişiga sabab bölmoqda. 

Majlisda bunday holatlarga barham beriş yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.