Shveytsariya Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak va uning atrofidagi kishilarga tegishli hisob raqamlardan taqiqlovni oldi. Bu haqda Shveytsariya Federal kengashi xabarida ma'lum qilingan.
“Misrdagi vaziyat sababli milliy boyliklarni muzlatish haqidagi 2016 yil 25 mayida qabul qilingan qaror 2017 yil 20 dekabrda bekor qilindi”, deyilgan xabarda.
Muborak iste'fosidan keyin Shveytsariya hukumati Muborak va uning atrofidagilarga aloqasi bo‘lgan bank hisob raqamlarini muzlatib qo‘ygandi. Ushbu taqiqlovga Misrning bir qator mansabdor shaxslari, jumladan Muborakning shaxsiy kotibi, sobiq bosh vazir va sobiq neft vaziri bo‘yicha bir qator tuzatishlar kiritilgan.
Taqiqlov olingan mablag‘lar egalari tomondan olinishi qonuniyligi bo‘yicha sud hukmi chiqarilgungacha Shveytsariya hukumati nazorati ostida qoladi.









