Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida yoşlar tarbiyasiga alohida töxtaldi.

«Islom madaniyati markazi haqida. BMTda bekorga al-Buxoriy markazi haqida gapirganim yöq. Hozirgi yoşlardan al-Buxoriyni kim öqiyapti? Adaşganlar bölişi mumkinmi bizning mahallada, jamiyatda? Kim javob beradi? Ijro organi. Afv etilganlarning taqdirlari nima bölayapti. Hokim, diniy işlar böyiça vakil qayerga qaramoqda? Bitta nazariyaçimiz yöq nomi çiqqan. Nasafiy bobomiz ming yil avval yozgan adaşganlar haqida.

Hozir esa kitob yozganlarni topa olmadim.. 20 yilda bir narsani qoyil qilganlar yöq», dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev diniy oqimlarga berilgan kişilarga qarşi kuraş masalasi haqida gapirgan.

«Qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning çiqişi endi bizga yaraşmaydi. Biz buni bilib bilmaganga oldik. Xalq, jamiyat şuğullanişi kerak, deputat e'tibor qaratişi kerak.

«Mahalla», nozir xiyonat qilsa, bizga unday odamlar, rahbarlar nega kerak? Nega IIVga qattiq qarayapman? Mana, Moskvada yiğilişda vakillarimiz qatnaşişdi. Qaçon ogoh bölamiz – har bir köça, uyda, mahallada ega bölsa. Mahalladagi imom unga haqiqiy islomni tuşuntira olsa, u adaşganlarni kirgizişga haqqimiz yöq. Xudo ham, bandasi ham bizni keçirmaydi», dedi prezident.