Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni va Özbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng ustuvor yönalişlariga bağişlangan Murojaatnomasini taqdim etdi. 

Prezident öz nutqida uy-joy quriş sohasi haqida gapirdi.

«Aholimizni, ayniqsa, byudjyet sohasi xodimlarini, kam ta'minlangan oilalarni uy-joy muammosi köpdan buyon qiynab kelardi. 

Qurilgan uylar nomiga qurilgan uy-joylar emas. Toşkentdagi boyvaççalar uçun, heç kimga kerak bölmagan uylar bölişi kerak emas. Oddiy odamlarga möljallangan uylar qurişimiz lozim. 9 qavatli uyni quriş uçun industriya yöq, quriliş taşkiloti, muhandis yöq. Yöq bölib ketgan hammasi. Mana, qayerga kelib qoldik. Hammasi barbod bölgan, lekin yangisi yaratilmagan.

110ta katta kran olib keldik, yana 200tasi yetişmayapti. Ularni özimizda qurmoqçimiz.

Oldin ham 6 sotixlik uylar qurganmiz, lekin u özini oqlamadi. Qişloqda iş, oylik yetmay, kim oladi ularni? Bu odamlarning ğaşiga tegdi, 35-50 foizi böş turdi, kattakonlarning nevaralari, öğillar oldi.

Şuning uçun biz oddiy aholi sotib olsin degan niyatda arzonlaştirilgan uylarni qurişga qaror qildik. Şifokorni ham, muallimni ham farzandlari bor, axir», dedi prezident.

Prezidentning qöşimça qilişiça, bir yilda 8 mingga yaqin oila yangi xonadonlarga köçib ötdi.

«Bu oğir ijtimoiy muammoga biz deyarli e'tibor bermay kelganimiz ham bor gap. Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar quriş loyihasini amalga oşirişga kirişdik. 

Jumladan, qişloq joylarda namunaviy yangi loyihalar asosida 24 mingdan ziyod uy-joy barpo etildi. Şaharlarda 187ta köp qavatli uy qurildi va bugungi kungaça salkam 8 mingga yaqin oila ana şunday yangi xonadonlarga köçib ötdi», dedi prezident.