Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida demokratiyaning ilğor mexanizmi sifatida jamoa bölib elektron murojaat kiritiş tartibini joriy etişni taklif etdi.
«Bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengaşlari körib çiqişi majburiy ekani qonunda belgilab qöyilişi lozim.
Internetda «Mening fikrim» degan maxsus veb-sahifa taşkil etiladi. Bu aqlli deputatga yoqadi. Sizlarga ham oson böladi. Odamlarimiz fikrlarini, taşabbuslarini elektron tarzda yuboradi. Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar böyiça öz fikrlarini bildirişlari mumkin böladi», dedi prezident.














