Vazirlar Mahkamasining yöl harakati qoidalarining buzilişi bilan boğliq holatlar yuzasidan çiqarilgan qaror ustidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali YHXXga elektron murojaat qilişni nazarda tutuvçi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida keltirilişiça, hozirgi kunda yöl harakati qoidalari buzilişi holati yuzasidan çiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar ustidan fuqarolar tomonidan murojaatlar an’anaviy tarzda amalga oşirilib kelinayotganligi aholining ortiqça ovoragarçiligiga sabab bölmoqda. Şu sababli yöl harakati qoidalari buzilişi holati yuzasidan çiqarilgan qaror ustidan YHXXga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi elektron murojaat qiliş böyiça davlat xizmati körsatişning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:

— jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalari tomonidan yöl harakati qoidalarining buzilişi bilan boğliq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar böyiça elektron murojaat qiliş tartibi;

— jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalari tomonidan yöl harakati qoidalarining buzilişi bilan boğliq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar böyiça davlat xizmatlari körsatilişida davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bölinmalari mas’ul xodimlarining hamda murojaat etuvçilarning huquq va majburiyatlari;

— Jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalari tomonidan yöl harakati qoidalarining buzilişi bilan boğliq holatlar yuzasidan yuborilgan qaror va xabarnomalar böyiça elektron murojaat qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş tartibi.

Qaror ustidan elektron murojaat yöllaş imkoniyati 2024 yil 1 oktyabrdan amaliyotga tatbiq etilişi közda tutilgan. Mazkur xizmat yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi. Bunda jismoniy va yuridik şaxslar oğzaki yoki yozma murojaat qilişi mumkin.