Prezident IIVning sobiq rahbarini xiyonatda aybladi
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasi vaqtida sobiq Ichki ishlar vaziri Ahmadjon Ahmedboyevni xiyonatda aybladi.
«Ahmedbayevning hamma generallari qayerda yurganini bilamizmi? Uni xiyonat qilgani uchun olib tashladim», dedi prezident.
Prezident har bir huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining ish faoliyatini yuritishda Konstitutsiyaviy normalar borligini qayd etib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yildan IIV rahbari sifatida ishlagan Ahmadjon Ahmedboyev shu yilning yanvarida lavozimidan ozod etilib, prezident maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi. Uning o‘rniga Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Azizov tayinlangandi. Sentyabr oyida esa Abdusalom Azizov Mudofaa vaziriga aylandi, uning o‘rnini Po‘lat Bobojonov egalladi.
Mavzuga oid

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

15:44 / 24.11.2024
Abdusalom Azizov DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi

22:43 / 23.11.2024