Bugun, 22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e'lon qilindi.
Yiğilişda parlament rahbariyati va a'zolari, Özbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpuslar va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Şavkat Mirziyoyev yiğilişda nutq sözladi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2018 yilni Özbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» deb e'lon qilişni taklif etdi.
Özbekiston Prezidentining bu taklifi yiğilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qöllab-quvvatlandi.
«Bu masala böyiça köp öyladik, köp maslahatlaşdik. Yil davomida kelgan köplab murojaatlar, fikr-mulohazalar e'tiborga olindi. Iş örinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bölmaydi, köp muammolar bor yöl yöq, svet, gaz yöq, nogironlar qança, hammasini yaşirib yurdik-ku? Nom qöyişda juda öyladim, natija berişi kerak, çiroyli qilib köçaga yozib qöyiş emas bu.
Men yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili , deb nom berişni taklif etaman.
Yangi fikr, ğoya, innovatsiya bölmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilişi kerak», dedi prezident.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1997 yildan boşlab har bir yilga şu davr içida taraqqiyotning muhim yönalişlarini ifoda etadigan nom beriş an'anaga aylangan. 1997—2017 yillar oraliğida yillarga quyidagiça nom berilgan:
2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»
2016 yil — Soğlom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e'zozlaş yili
2014 yil — Soğlom bola yili
2013 yil — Obod turmuş yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qişloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoşlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va şifokorlar yili

















