Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida rahbarlar bugungi davr talablariga mos ravişda işlaşi zarurligini qayd etdi.
Prezident yaqinda paxta hosili bilan boğliq qöşib yozişlar haqida töxtalib, şu sababli ikkita tajribali rahbar işdan olib taşlanganini misol sifatida keltirib ötdi.
«Nega men ikki viloyat hokimini işdan oldim? Toşkent va Jizzax viloyatlarining hokimlari Şukrullo Boboyev va Uluğbek Uzoqov tajribali odamlar edi. Lekin ular qöşib yozişni boşladi. Bir kilo bölsa ham toza qil degandim.
Gdlyan, Ivanovlar kerak emas. Men yerni tagida ilon qimirlasa bilaman. Kalamuşdan qolganlar pastda ötiribdi hammasi, keçagi illatni qolganlari.
Ammo endi bunday işlab bölmaydi. Özbek xalqining boşidan ne-ne kunlar ötmadi. Biz u kunlar qaytişini istamaymiz. Bizga qöşib yozuvçilar kerak emas.
Menga millatni sevadigan odam kerak», dedi davlatimiz rahbari.

















