Kaliforniyaning oddiy maşinalarni limuzinlarga aylantiriş bilan şuğullanuvçi Big Limos kompaniyasi dunyodagi birinçi Tesla Model S uzaytirilgan elektrokarini eBay onlayn-auksioniga qöydi. Ayni damda lot narxi 80 400 dollarni taşkil etmoqda. 

Lotga berilgan izohda aytilişiça, avtomobil 2015 yilgi Model S S85 bazasida tayyorlangan. Bu liftbekning orqa uzatmali versiyasi bölib, quvvati 382 ot kuçiga ega elektrmotor va hajmi 85 kilovatt-soatni taşkil etuvçi batareyalar bloki bilan jihozlanadi.

Limuzinni yiğiş işlari 90 foizga yakunlangan, uning bosib ötgan masofasi 241 kilometrga teng – avtomobil soz holatda, biroq, aftidan, kuzov panellari va salonni qayta işlaş talab etiladi. Joriy yilning aprel oyida Big Limos qayta işlaşga 200 000 dollar ketişini ma'lum qildi, öşanda maşina ustidagi iş hali boşlanmagandi.

Foto: eBay
Foto: eBay
Foto: eBay