Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Simpoziumlar saroyida ötkazilayotgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat qilmoqda. Marosim «Özbekiston 24» telekanalida jonli ravişda efirga uzatilmoqda.

Prezident ötgan yil davomida qilingan işlar haqida gapirdi.

«Juda katta marra olganmiz. 25 yilda qilinmagan işlar marrasini olganmiz.

Bizning siyosatda oyoğimizga kişan bölgan bitta masala bor – noreal raqamlar ortidan quviş. Endi amaliy natijadorlik, inson manfaatlari islohotlarning boş maqsadi etib belgilandi.

Hozir juda köp işlarni Jahon banki, Xalqaro valyuta jamğarmasi bilan qilmoqdamiz. Jahon hamjamiyati bilan statistikamizni töğirlab olişimiz kerak. 8-10 foiz degan balandparvoz gaplar kimga foyda berdi? 10 foizni neça marta tekşirtirdim.

Darrov bir yilda hamma narsani qilib bölmaydi. Buni bilimli, ilmli odamlar qiladi. Oltin valyuta zaxiralari bir yilda 1,1 mlrd dollarga köpaydi. Köpaygani davlatimiz qudratidan dalolat. Heç qaysi tadbirkor kerak emas mahsulot olib kelmaydi, eksportbop, raqobatbardoş mahsulot olib keladi», dedi prezident.

Prezident, şuningdek, ayollarning muammolarini eslatib ötdi.

«Ayollar orasida öz joniga qasd qiliş yil, kun emas, soat sayin oşmoqda. Xotin-qizlar qömitasi nega jim? Bong urişi kerak ular. «Mahalla» böyiça ham hali özgarişlar böladi. Oylik tizimi mos kelmayotgani körinib turibdi. Buni töğri tuşunaman. Qolaversa, işlaganimizga hali endi bir yil bölmoqda», dedi prezident.