Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan BMTning strukturasini isloh qilişga çaqirdi.
“BMT Xavfsizlik kengaşining 5 doimiy a'zosi dunyo taqdirini hal qilişga haqli emas. Boz ustiga, dunyoni bitta davlat boşqarişga umuman haqlimas”, deb aytgan Erdöğan Anqarada.
Erdöğan BMT Boş assambleyasida Al-Quds böyiça qabul qilingan rezolyutsiyaga e'tiborni qaratdi.
Uning aytişiça, Turkiya oxirgi ongaça bu rezolyutsiya deyarli 190 ta davlat tomondan qöllab-quvvatlanişini kutgan, biroq vaziyatga Oq uy aralaşib, rezolyutsiyani qöllab-quvvatlaydigan davlatlarga moliyaviy yordamni töxtatiş bilan tahdid qilgan. “Qaçondan beri odamlar istagi, davlatlar fikri sotib olinadigan böldi? Demokratiya tamoyillari xalqlar istagi bilan manipulyatsiya qilişga yöl qöymaydi. Aksinça öylaydigan barça mağlubiyatga uçraydi”, deb aytgan Erdöğan.












