Tailandda 44 yoşli Sakxon Saçiva baliq ovlovçi kemadagi bir neça oylik vaxtadan keyin uyiga qaytgaç, oilasi uni ölgan deb hisoblab, 7 oy oldin krematsiya qilganidan xabar topdi.
Saçiva 16 dekabrda Sisaket viloyatidagi uyiga qaytgaç, uning qarindoşlariga 2017 yil may oyida noma'lum erkakning jasadi topşirilganidan xabar topdi. Jasad Bangkok yaqinidagi ijaraga beriladigan uylardan birida topilgan.
Jasad çirigan holatda bölgan, unda surati bölmagan, şaxsni tasdiqlovçi guvohnoma, turar manzili böyiça röyxatdan ötgani haqidagi hujjat nusxasi, şuningdek, Saçiva nomiga guvohnoma bölgan. Aniqlanişiça, erkak oşqozon-içak yalliğlanişidan vafot etgan.
Politsiya Saçiva yaqinlari bilan boğlanib, ularga jasadni topşirgan. Jasad krematsiya qilingan. Saçiva onasiga boquvçisining vafoti munosabati bilan 90 ming bat (3 ming dollar) tovon puli tölangan.
Saçiva uyda paydo bölgandan keyin huquq-tartibot idoralari tergov boşlaşgan. Aniqlanişiça, Saçivaning hujjatlari öğirlab ketilgan. Erkak bu haqda öz vaqtida ariza bergan. Körinişiça, topilgan marhum Saçivadan öğirlangan hujjatlar bilan yaşagan.
Saçiva yaqinlarining aytişiça, ular jasadni ölikxonadan olişayotganda marhumning tişlari Saçivanikidan boşqaçaligiga e'tibor qaratişgan. Biroq ölikxona xodimlari jasad tanib bölmaydigan darajada çirib ketganini aytib, erkakning oilasini tegişli marosimlarni ötkaziş uçun jasadni tezroq olib ketişga köndirişgan.












