Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi Simpoziumlar saroyida ötkazilgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasiga murojaat qildi. Davlat rahbarining aytişiça, bundan buyon tibbiyot, xalq ta'limi, iqtisodiyot, moliya bölimlari, soliq inspeksiyasi va boşqa tuzilmalar rahbarlarini lavozimiga tayinlaş va ozod etiş tuman hokimi tomonidan amalga oşiriladi.
“Men ham tuman hokimi bölganman. Hamma narsa mening qölimda edi. Hozirçi? Apparatda ötirgan bir odamning qölida u. Huşi kelsa, uç oyda köradi, huşi kelsa, yöq, deydi. Keyin yana bir tekşirayotgan qoğoz keladi: u bormi, yöqmi? Menga hozir unday qoğozlar ötmaydi. Heç qayerda heç kimni tekşirişmaydi. Nima uçun men sizlarga vakolat beraman? Bu yerda ötirganlarning bir-ikkitasiga yoqmaydi bu, yoqmasa ötib ketmaydimi, menga desa. Vakolat beraman, oxirigaça javob berasizlar. Qilmasalaring, sizlarga ham jazo muqarrar, qonun ustuvor. Qonun oldida hammang javob berasan. Lekin, men işondimmi, oxirigaça hamma narsa qilinadi. Soliq inspeksiyani bu yerdagi kattakon qöysa, bu nima degani? Bu kim? Tuman hokimi kim? Kim tumanning hokimi? Moliyani bu yerdagi anavi Ostrogorskiyga öxşagan jamoa qöysa. Kim tumanning hokimi? Qörğontepada yaşaganmi Ostrogorskiyga öxşaganlar? Bözda yaşaganmi, Sariosiyoni sovuğida yaşaganmi?
Viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari böyiça kadrlarni tanlaş, tayinlaş va lavozimidan ozod etiş bilan boğliq vakolatlar qayta körib çiqiladi. 10 yanvargaça apparatdagilarni yana 50 foizga qisqartiraman, hamma nomenklaturani pastga beraman. Hamma, özlaring xon, özing bek, lekin javob beriş böyiça javob berasizlar hammalaring. Konstitutsiyada şunday yozilgan, ana şuni biz, albatta, amalga oşirişimiz kerak”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.












