Bu hafta ham qiziqarli futbol töqnaşuvlariga boy böladi. Yangi yil oldidan Yevropa ligalarida turliça vaziyat - Fransiya va Germaniya tanaffusga çiqqan bölsa, Angliyada çempionat eng qizğin pallasiga kirmoqda. Italiyaliklar tanaffus oldidan birinçi davra çempionini aniqlab oladilar. La Ligada esa, nafaqat Ispaniya, balki butun dunyo kutayotgan öyin bölib ötadi. Ta'kidlaş kerakki, bu qiziqarli futbol kunlari bugundan boşlanadi. Londonda Angliyaning ikki yetakçi klubi orani oçiq qiladilar.

Tribuna.uz an'anaga sodiq tarzda, haftaning muhim öyinlariga e'tiboringizni qaratadi.

ARSeNAL - LIVeRPUL (22 dekabr, 00:45)

Bu safar kuçli törtlik uçun kuraş ança erta boşlandi çoği. Avvallari top klublar çempionlik kuraşidan çiqib ketgaç, kuçli törtlik uçun kuraşardilar. Bu safar esa, «Mançester Siti»ning töxtatib bölmas yurişi hamda yuqori örin uçun da'vogarlar sonining köproq ekanidan kelib çiqsak, bu öyin ham töğridan töğri raqiblar örtasida 6 oçkolik öyin sifatida baholanişi mumkin. Bu öyin ğolibi «boksing dey» oldidan 4-öringa joylaşib oladi. 

«Liverpul» ötgan turda «Bornmut» ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi va APLning öziga xos rekordini qayd etdi - Klopp şogirdlari qatorasiga 4 safar uçraşuvida yirik hisobda ğalaba qozondilar. Orada «Vest Bromviç» va «Çelsi» bilan «Enfild»da qayd etilgan duranglarni aytmasa, jamoa juda ajoyib barqarorlik davriga kirib olgan. 

«Arsenal» esa, öz maydonida eng yaxşi natija qayd etayotgan jamoalardan biridir, «Yunayted»dan qabul qilingan mağlubiyatni qöşmasa, Venger jamoasi öz maydonida barça raqiblarni yer tişlatmoqda. Buning ustiga, bu jamoalarning birinçi davradagi uçraşuvi «töpçilar» uçun şarmandali 0:4 hisobida tugaganini e'tiborga olsak, «Arsenal»ning şaştini taxmin qila olamiz. 

«Arsenal»ning hafta örtasida Liga kubogi uçraşuvida maydonga tuşganligini qöşimça qiliş mumkin. Bu öyinda Venger, asosan, zaxira öyinçilaridan foydalangan bölsa-da, «Liverpul»da uşbu uçraşuvga tayyorlaniş uçun bir hafta vaqti bölgani öyin oldidan qandaydir ustunlik taqdim etişi turgan gap. Şuningdek, ança vaqt londonliklar safida töp surgan Aleks Oksleyd Çemberleynning ilk bor sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşişi ham qiziq bölsa kerak.

ReAL - BARSeLONA (23 dekabr, 17:00)

Bu öyinning kattaligi uşbu sahifamizga siğmaydi, bu aniq. Albatta, bu saytda ham, boşqa manbalarda ham bu öyin haqida kattaroq prevyular yozilişi şubhasiz. Biz esa, doimiy format çegarasidan çiqmagan holda, bu öyin haqida ham eslab ötib ketamiz.