Venesuela neft sanoati işçilari kasaba uyuşmasi rahbari Ivan Freytesning xabar berişiça, mamlakatdagi aksariyat neftni qayta işlovçi zavodlar öz işini töxtatdi. Bu haqda Panorama portali ma'lum qildi.
"Na moylaş materiallari, na benzinni işlab çiqarayotganimiz yöq. Faqatgina Amuay va Cardon NQZ işlamoqda", - deya ta'kidlab ötgan Freytes.
Uning sözlariga köra, mamlakatda benzin işlab çiqariş deyarli töxtatildi.
Freytesning qöşimça qilişiça, davlat neft qoldiğini işlab çiqarmoqda, ular keyinçalik Qöşma Ştatlarda arzon narxlarda sotilmoqda, sababi Venesuela mustaqil ravişda "xomaşyoni qayta işlay olmaydi".
Kasaba uyuşmasi rahbarining bildirişiça, sohadagi ba'zi işçilarning “tinkasi qurigan va oçlikdan aziyat çekmoqda”.
"Bu Venesuela prezidenti Maduroning aybi", - deya ta'kidlab ötgan Freytes.
Avvalroq Venesuela savdo-sanoat palatalari federatsiyasi va uyuşmalari prezidenti Karlos Lasarrabal mamlakat iqtisodiyotning giperinflyatsiya bosqiçiga kirgani haqida xabar bergandi.












