Qiz onasi bilan bahslashib qolib, avtomobildan tushadi. Qo‘riqxonada yirtqichlar bemalol harakatlangani bois bunday qilish mumkin emasdi. Shunda darhol unga yo‘lbars hujum qildi, deb yozadi Mirror.

Yo‘lbarsni haydashga uringan ona qizini qutqarib qolib, o‘zi halok bo‘ldi, qiz esa nogiron bo‘lib qoldi. 

Tergov ishi safari-parkda barcha xavfsizlik choralari qo‘llanganini ko‘rsatganiga qaramay, qiz tovon puli talab qilmoqda.