Maşoyixlar yaxşilik bilan yomonlikning orasi bir qadam deyişadi. Hilola Çoriyeva (ism-familiyalar özgartirilgan) ana şu qadamni notöğri taşlab, töğri yöldan adaşdi. Moddiy manfaatdorlik evaziga egri yöldan yurişni ma'qul kördi, oqibatda esa...

Aprel oyi oxirlari. “Neksiya” maşinasini ijaraga olib, Termiz şahrida kirakaşlik bilan şuğullanadigan Akmal keçki soat ön birlargaça tinim bilmadi. Mijozlar kamayib, endi yaşaş manzili – Termiz tumaniga ketişga çoğlanib turgan bir paytda uyali telefoni jiringlab qoldi. Ekranda hamqişloği Abdurasulning telefon raqami körinib turardi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

- Ha, Abdurasul, nima gap?

- Assalomu alaykum, Akmal aka! Hali şahardamisiz?

- Ha, endi ketmoqçi bölib turgandim.

- Joyingiz bölsa meni olib keting, “Yubileyniy”ning oldida kutib turaman.

- Xöp, beş daqiqada öşa yerda bölaman.

Birozdan keyin ikki hamqişloq Termiz tumani sari ketib borişardi. Abdurasul çarçagani bois orqa örindiqqa ötirgança uxlab ketardi. Unçalik ham köp yurmagandi hamki, orqalaridan katta tezlikda kelayotgan bir maşinaning çiroqlari körindi. “Matiz” avtomaşinasi şitob bilan yaqinlaşib, “Neksiya”ni quvib ötişga çoğlandi. Ayni şu payt qarşi tomondan yuk maşinasi yaqinlaşib kela boşladi. “Matiz” haydovçisi noiloj rul çambaragini öngga burdi. Töqnaşuv-ku, sodir bölmadi, lekin “Matiz” avtomaşinasi “Neksiya”ga juda yaqinlaşib, uning yon tomonini qirib ötişga ulgurdi. Mudhiş yöl-transport hodisasi röy berişining oldini olgan Akmal maşina signalini ketma-ket bosib “Matiz” haydovçisini töxtaşga undadi. Lekin qilğiliqni qilib qöygan haydovçi maşinani töxtatişni, keçirim söraşni xayoliga ham keltirmasdi. Yanada tezlikni oşirib, juftakni rostlaşni ma'qul kördi. Bundan jahli çiqqan Akmal uni ança joygaça ta'qib qilib bordi va oldini tösib töxtaşga majbur qildi. “Matiz”da haydovçidan taşqari bir ayol ham ötirardi.

- Ha, uka, tinçlikmi? – “Matiz”dan tuşib kelgan yigit Akmalga ödağaylay boşladi.

- Tinçlikmi, deb sizdan söraşim kerak. Maşinamning yonini çizib ketdingiz. Yana heç narsa bölmagandek söraşingizni qarang, - dedi Akmal jahli çiqib.

- Nimaga menga tuhmat qilyapsan?

- Şunaqami? – Haydovçi bilan murosaga kelişiga işonmagan Akmal şartta borib “Matiz”ning kalitini suğurib oldi. – Unda hozir şu yerga YPX inspektorlarini çaqiramiz. Ular ayb kimda ekanligini bir zumda aniqlab berişadi.