AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ soliq islohoti haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Soliq islohoti Tramp saylovoldi va'dalaridan biri bölgan. Qonun turli toifadagi soliq tölovçilar, birinçi navbatda, biznes, korporatsiya va korxonalardan undiriladigan soliqni kamaytirişni közda tutadi.

Jumladan, qonunga köra, yuridik şaxslardan olinadigan daromad soliği 35 foizdan 21 foizgaça kamaytiriladi. Şuningdek, yuridik şaxslarning xorijdagi faoliyatidan mamlakatga qaytariladigan vositalarga olinadigan soliq ham kamaytiriladi: naqd mablağlar uçun 15,5 foizgaça, naqdsiz mablağlar uçun 8 foizgaça. 

Qonunga köra, soliq şkalasi kiritiladi: 10, 12, 22, 24, 32, 35 va 37 foiz. Eng quyi stavka yiliga 9525 dollardan kam daromad oluvçi şaxs yoki yiliga 19050 dollargaça pul topuvçi oilalar uçun amal qiladi. Agar soliq tölovçi yiliga 82,5 ming dollardan 157,5 ming dollargaça daromad olsa, u davlatga 24 foiz soliq tölaşiga töğri keladi. Eng yuqori stavka yiliga 500 ming dollardan köproq mablağ topuvçilarga qöllanadi.

Bu qonunga köra avval prezident Barak Obama vaqtida kiritilgan, özini tibbiy suğurta bilan mustaqil ta'minlaşdan boş tortadigan fuqarolarga qöllanadigan majburiy jarima haqidagi qoida bekor qilinadi.