Şimoliy Koreya BMTning yangi sanksiyalarini «uruş harakati» sifatida rad etadi. KXDR Taşqi işlar vazirligi bayonotida BMT Xavfsizlik kengaşining qarori töla iqtisodiy blokada sifatida baholangan.

«Biz AQŞ tomonidan yadro xavflari, tovlamaçilik va duşmanlik harakatlarini kuçlarning amaliy muvozanatini örnatiş yöli bilan asosli yöqotişga qaratilgan tiyib turiş mudofaa yadro tizimimizni mustahkamlaşda davom etamiz», — deyilgan vazirlik bayonotida.

Şimol koreyslari AQŞ «davlat yadro kuçlari işga tuşirilişining buyuk tarixiy yakunlanişi qarşisida töla vazifaga tuşib qolgan»ini ta'kidlagan.

BMT Xavfsizlik kengaşi 22 dekabr kuni bir ovozdan Pxenyanga nisbatan yanada keskinroq çoralar nazarda tutilgan yangi sanksiyalar böyiça rezolyutsiyani qabul qilgandi. Yangi çoralar 1 yanvardan boşlab uşbu mamlakatga neft mahsulotlari yetkazib berişni 90 foizga qisqartirişni közda tutadi.

Bundan taşqari, KXDRga turli minerallar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika mahsulotlari va qurilmalar, şuningdek, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berişni töxtatiş möljallangan. Hujjatga köra, Şimoliy Koreyadan elektrqurilmalar va qişloq xöjaligi mahsulotlari sotib oliş taqiqlanadi.

Çegaradan taşqarida işlayotgan barça Şimoliy Koreya fuqarolari 2 yil mobaynida ortga qaytariladi. Bu esa Şimoliy Koreyaga valyuta oqimini keskin darajada qisqartiradi.

Bunday çoralar KXDRda 28 noyabr kuni navbatdagi raketa sinovlari ötkazilganiga javoban qöllanmoqda.