
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 dekabr keçki payt Tungi xokkey ligasi (TXL)ning örtoqlik uçraşuvida iştirok etdi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu, jaz musiqaçisi Igor Butman, xokkeyçi Vyaçeslav Fetisov iştirok etgan uçraşuv Qizil maydonda ötgan.
TXL 2011 yil 15 dekabrda Putinning Rossiya xokkey afsonalari bilan uçraşuvidan keyin paydo bölgan va havaskorlik xokkeyini ommalaştiriş bilan şuğullanadi.
Putin bir neça yildan beri xokkey öynaydi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Rossiya rahbari işçi kuni yakunlangandan keyin tungi payt maşq qiladi.




















