SAVOL: Quriliş firmasi tegişli taşkilot bilan tuzilgan şartnoma böyiça xizmatlarni talab darajasida bajarmagan holatda uşbu firmaga nisbatan beriladigan da'vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar töğrisida ma'lumotlar berişingizni sörayman. Şuningdek, bu holatni sud yoki prokuratura idoralari tomonidan körib çiqiş tartibi va muddatlari töğrisida bilmoqçiman. 

Farrux Kunaboyev 

JAVOB: Yuridik şaxslar örtasidagi nizolar iqtisodiy sudlar tomonidan körib çiqiladi. Da'volar javobgar joylaşgan joydagi iqtisodiy sudga taqdim etiladi. Yuridik şaxsga nisbatan uning alohida bölinmasi faoliyatidan kelib çiqadigan da'volar alohida bölinma joylaşgan joyda taqdim etiladi.

Özbekiston Respublikasi Xöjalik protsessual kodeksining 114-moddasiga asosan da'vo arizasiga quyidagi xujjatlarni  ilova qiladilar: 

1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji tölanganligini;
2) da'vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligini;
3) nizoni javobgar bilan sudgaça hal qiliş (talabnoma yuboriş) tartibiga rioya etilganligini, agar bu şu toifadagi nizolar uçun qonunda yoki şartnomada nazarda tutilgan bölsa;
4) da'vo talablariga asos bölgan holatlarni.

Agar da'vo arizasi da'vogarning vakili tomonidan imzolangan bölsa, uning da'vo taqdim etişga vakolatli ekanligini tasdiqlovçi işonçnoma ilova qilinadi.

Şartnoma tuzişga majbur etganlik töğrisidagi arizaga şartnoma loyihasi ilova qilinadi.

Savolga huquşunos Umida Abdusalomova javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.