Oq uy kongressga berişni rejalaştirayotgan rossiyaliklarning qora röyxatidan «yomon yigitlar» joy olişi kerak. Bu haqda Davlat departamentining sanksiya siyosati böyiça sobiq boş muvofiqlaştiruvçisi, Vaşingtondagi Atlantic Council eksperti Deniyel Frid «Kommersant» naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
Fridning aniqlik kiritişiça, bu röyxatdan joy olganlik uşbu insonlarga qarşi sanksiyalar avtomatik tarzda joriy etilişini anglatmaydi, biroq şunday xavf paydo böladi.
«Men şunday degan bölardim: amerikalik va yevropalik banklar bu inson röyxatda bölsa, u bilan özaro aloqalar katta tahdidlarga ega bölişi mumkin ekani haqidagi fikrga kelişi mumkin», - deya ta'kidlab ötdi amerikalik ekspert.
Uning sözlariga köra, u Oq uyni son ketidan quvmaslik hamda «rejani ortiği bilan bajarişga» harakat qilmaslikka çaqirgan.
«Eng töğri qaror şundan iborat bölar ediki, ança qisqa, biroq «yomon yigitlarning» kuçli röyxatini tuziş kerak. Ya'ni, korrupsiya, kriminal faoliyat va tajovuzkorlik aktlari bilan boğlangan odamlarni. Bu yerda son heç qanday ahamiyat kasb etmaydi», - deya qöşimça qilib ötdi Frid.
Ta'kidlanişiça, AQŞda «Kreml hisoboti»ni yaratiş davom etmoqda, u «Amerika duşmanlariga sanksiyalar orqali qarşi kuraşiş» qonuni doirasida işlab çiqilmoqda.












