Inson oliy xilqat deb uluğlanadi. Ammo ba'zan odamlarning tubanlikka yuz tutişiga guvoh bölib, beixtiyor, ularda ona zamindagi eng oliy mavjudotga xos bölgan xislatlar umuman bölganmikan, degan şubhaga borasan.

Nodir (ism-familiyalar özgartirilgan) turmuşning muştlari ostida tirikçilikning ança serdaromad yölini topdi. Asli qoraqalpoğistonlik bölgan bu yigit mahalliy bozorlardan bördoqi novvoslarni arzonroqqa xarid qilar, ularni biroz boquvda saqlab, söngra poytaxtga olib kelib sotar edi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

Yigirmaga yaqin bördoqi hökizlarni yuk avtomaşinasiga ortib, şahri azim tomon navbatdagi safarga otlanganida uning kayfiyati har doimgidek çoğ edi. Safar oldidan doimiy hamrohi – Bahrom bilan tamaddi qiliş asnosida “ellik-ellik”ning bir neçtasini “ovqat tagida” qoldirişga ham ulgurdi.

Yölning ikki tomonidan lip-lip ötib ortda qolayotgan kengliklar uni olis manzil tomon kuzatib qöyayotgandek göyo. Sokin musiqa ohangiga moslab boşini çayqatib borarkan, Bahromga köz taşladi. U doimgidek pinakka ketgandi. Bu odatiy hol. Yöl yarmigaça şunday boradi-da, keyin uyğonib Nodir bilan örin almaşadi. Uzoq yölda bunday ehtiyot çorasi ança asqotadi.

Şu taxlit qoş qorayib, atrofga tun zulmati çökdi. Kimsasiz daştni ortda qoldirib, soat tungi öndan oşganda Navoiy viloyatining Karmana tumani hududiga kirib kelişganida, Nodirni biroz uyqu elita boşladi. 

Şu payt ortda kelayotgan boşqa yuk avtomaşinasi quvib ötiş uçun işora bergani negadir uning ğaşiga tegdi. Tezlikni keskin oşirib, “raqibi”ni ortda qoldirib ketdi.

- Kelib-kelib “Mers”ni quvib ötmoqçimiding? Mana buni tezlik deydilar oğayni, - Nodir qudratli “tulpori” motorining bir tekis guvullaşiga quloq tutarkan, orqani körsatuvçi oynadan ança olisda qolib ketgan yuk avtomaşinasiga ğolibona köz taşlab qöydi.

Şu lahzada falokat yuz berdi. Bir soniyada yöldan köz uzganligi sabab qatnov qismini kesib ötayotgan piyodani öz vaqtida ilğay olmadi. Kuzovga urilgan odam yölning qarama-qarşi qatnov qismi tomonga uçib tuşganini körişga ulgurdi, xolos.

Keç bosilgan tormoz bahaybat yuk avtomaşinasini töxtatişi uçun ança masofa kerak böldi. Nodir zulmat qöyniga ma'nosiz tikilganiça bir muddat qotib qoldi. Keskin silkinişdan uyğonib ketgan Bahrom heç narsani tuşunmay uyquli közlari bilan unga tikildi.

- Tinçlikmi, nima böldi? Nega indamaysan? Arvoh kördingmi, rangingda rang qolmabdi...