Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi Şimoliy Koreya yadroviy dasturi bilan boğliq vaziyat yuzasidan izoh berdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Qozoğiston TIV rahbari Qayrat Abdrahmanov Qozoğiston Respublikasi parlamenti majlisidagi hukumat soati davomida Qozoğiston taşqi siyosatining Osiyo yönalişidagi asosiy ustuvor jihatlari haqida batafsil ma'lumot bergan.

"Mintaqadagi xavfsizlikka tahdidlardan biri KXDRning raketa-yadro dasturi hisoblanadi. Şimoliy Koreya faqatgina 2016 yilda 14 ta ballistik raketani uçirdi, şuningdek oltinçi yadro sinovi muvaffaqiyatli amalga oşirilgani haqida ma'lum qildi. Qozoğiston Şimoliy Koreya yadroviy dasturiga doir boğliq vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib bormoqda. Biz Pxenyanning mas'uliyatsiz siyosatini barça kabi qoralaymiz, u yadrosiz kelajakni ta'minlaş böyiça kollektiv sa'y-harakatlarga raxna solmoqda", - deya aytib ötdi Qozoğiston taşqi işlar vaziri öz çiqişida.