Messi maydonda amalga oşira olmaydigan biror iş yöq. Uning mislsiz iste'dodini tan olmagan insonni topiş ham oson bölmasa kerak.

Lekin negadir undan doim nimanidir isbotlaşni talab qilaveradilar. Avvaliga uning Xavi va Inestasiz heç kim ekanini iddao qilganlar, keyinroq, Messi şeriklarsiz ham öz buyukligini namoyiş qilavergani sari, boşqa narsani, jahon çempioni bölişni, Maradonadan zör ekanini isbotlaşni talab qila boşladilar.

Axir dunyo qançalab jahon çempioni böla olmagan buyuklarni qabul qilgan, olqişlagan, haligaça eslab yuradi. Messining aybi nima?

Töp bilan har qanday raqibni yoş bola qilib taşlaydigan Messining özi, negadir doim qarşimizda yoş boladek... futbol olamidagi buyuk şaxsiyatlarning bir qatorida turişga unga nimadir yetişmagandek... Şunday emasmi?

Bilasizmi, inson öz e'tiborini nimaga qaratmasin, xususan, futbol olamidan ham özi yaşayotgan hayotga öxşaş hayotni, öz hayotiga köçirsa böladigan ertakni va tabiiyki, öşa ertak qahramonini qidiradi. Heç şahzodalar qahramon bölganmi? Juda kam.

Xalq ularni qahramon sifatida qabul qila olmaydi, sababi, şahzodalarning hayot yölini hamma yaşay olmaydi, buning uçun, avvalo, şoh oilasida tuğilişi zarurki, bu imkonsiz...taqdirni özgartiriş insonlarning izmida emas...

Messi esa şahzoda. Uning hayotini yaşaş, uning yölidan yuriş, uning harakatlarini takrorlaş - ilojsiz. Çunki Messi böliş uçun avvalo beş yoşingizda «Barselona» nazariga tuşişingiz kerak. Siz Messi kabi, «Barselona» qirolligida ulğayib ösişingiz va ular sizga işonişlari kerak.  

Kambağal oiladan yetişib çiqqan qahramon esa, har bir qadamga sinovga duç keladi, har qadamda ölim bilan yuzma-yuz, har qadamda özining qahramon ekanini isbotlaşga majbur. Ana öşalar ertaklarga yaraşadi, ana öşalar xalqqa yaqinroqdek xuddi...

Messi esa heç qaçon kuraşmagan. U kimningdir raqobatini yengiş, özini kimgadir isbotlaş ehtiyojini sezmagan. Buni köproq isbotlagandir, rost, lekin bunga majbur bölmagan holda qilgandi hammasini... Ronaldino Messining ösişi uçun xalaqit qilyaptimi? Demak Ronaldinoni sotamiz. Ibrahimoviçning uslubi Messiga töğri kelmayaptimi? Xayr, Zlatan...

Bunday hayot yöli bilan inson öz iqtidorini töliq namoyon qilişi, dunyodagi eng zör futbolçiga aylanişi, yuzlab gol urişi-yu, «Oltin töp»larni qalaştirib olişi mumkin... Ammo uni qahramon deya olamizmi? U maydondan taşqarida, oddiy kiyimda uni tomoşa qilayotgan insonlarga buyuklikning şakli ölaroq namoyon böla oladimi?