Qozoğiston Sooronbay Jeenbekov boşçiligidagi Qirğiziston delegatsiyasi kötaradigan masalalarni hal qilişga butunlay tayyor. Bu haqda prezident Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Ostona şahrida Qozoğiston va Qirğiziston yetakçisining rasmiy uçraşuvi boşlandi.
"Biz sizlarni kutgandik va katta xursandçilik bilan qabul qildik. Qozoğiston Sizning boşçiligingizdagi Qirğiziston delegatsiyasi kötaradigan barça masalalarni hal qilişga butunlay tayyor. Biz 26 yildan beri mustaqil davlat sifatida qadam taşlab kelmoqdamiz. Men bu vaqt davomida Qirğiziston haqida bir marta bölsa ham yomon söz aytmadim, yomon qadamlarni qöymadim. Bu notöğri. Biz kelamiz va ketamiz, ikki qöşni davlat esa bizdan avval ham bölgan hamda bizdan keyin ham böladi", - deya murojaat qildi Nazarboyev Jeenbekovga Oqördadagi uçraşuvda.
Uning ta'kidlaşiça, har bir avlodda öziga xos mas'uliyat bor – ikki mamlakat örtasidagi döstlikni, yaxşi özaro munosabatlarni saqlab qoliş va avloddan avlodga yetkaziş.
"Qozoğistonga rasmiy taşrif bilan keliş uçun taklif qilganingizdan çuqur minnatdorman. Bizni samolyotning özidayoq iliq kutib olişdi – buni his qildik. Men mamlakat prezidenti etib saylanganimda, siz juda iliq tabrik yölladingiz, va, fursatdan foydalanib, öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman. Siz bizning oqsoqolimiz, katta birodarimizsiz. Qozoqlar va qirğizlar – birodar xalqlar. Bizda yer bir, bir xil manbalardan suv içamiz, bir yöllardan yuramiz. Men strategik aloqalar, bizning ittifoqçilik munosabatlarimiz mustahkamlanişi uçun barça sa'y-harakatni amalga oşiraman", - dedi Sooronbay Jeenbekov.












