Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahriga kiraverishdagi YHX posti olib tashlandi
Andijon-Namangan avtomagistrali orqali Andijon shahriga kirishdagi xalqa yo‘l 36-YHXga qarashli post haydovchilar uchun juda katta noqulaylik tug‘dirar edi. Oltinko‘l tumani Ko‘makay qishlog‘idagi maskan ayniqsa, ertalab va kechki paytlarda tirbandlik keltirib chiqaradigan mazkur post ayni paytda ochib qo‘yildi.
Viloyat markaziga Qirg‘iziston bilan chegaradosh O‘sh, Jalolobod viloyatlari hamda Andijonning Qo‘rg‘ontepa, Ho‘jaobod, Buloqboshi, Jalaquduq va Marhamat tumanlaridan kirib kelishdagi Bog‘ishamol dahasidagi 32- YHX posti esa hali faoliyatini davom ettirmoqda.



Mavzuga oid
08:51
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026