Şimoliy Koreya kelasi yili özining yadro va raketa dasturlarini rivojlantiradi, biroq AQŞ hamda Janubiy Koreya bilan muloqot yöllarini ham izlaşga urinadi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi Janubiy Koreyaning Milliy birlaşuv işlari böyiça vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Şimoliy Koreya özining raketa va yadro dasturlarini rivojlantirişda davom etadi, biroq murakkab vaziyatdan çiqiş yöllarini ham izlaydi. KXDR de-fakto yadro quroliga ega davlat maqomini tan olişlariga uringan holda, AQŞ bilan muzokaralar imkoniyatini ham körib çiqadi", - deyiladi vazirlikning 2018 yilga taxminida.
Idoradagilarning fikriça, KXDR Janubiy Koreya bilan ham munosabatlarni tiklaş uçun özaro yaqin nuqtalarni topişga harakat qilib köradi. Vazirlik Kim Çen Inning 1 yanvar kungi an'anaviy nutqiga katta e'tibor qaratişni möljallamoqda.
Juma kuni Janubiy Koreyaning Milliy birlaşuv işlari böyiça vaziri Ço Myon Gyun mamlakat KXDR bilan bir qator masalalar böyiça, dastlabki şartlarsiz muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.












