LGElectronics kompaniyasi CES 2018 körgazmasiga taşrif buyurganlarga uyga möljallangan iqlim texnikasining yangi «aqlli» modellarini taqdim etadi. LGPuriCare havo tozalovçisi kiçik zarrali çang datçigi va ovozni taniy oluvçi funksiya hamda DeepThinQ texnologiyasiga ega DUALCOOLThinQ (SM) StandInverter konditsioneri xonada tozaroq va yaxşi havo bölişini ta'minlaydi, bu qurilmalarni boşqariş esa juda qulay hamda oddiy.

Foto: LG
Foto: LG

Kiçik zarrali çanglarni yöqotiş böyiça yuqori texnologiyali intellektual qurilma

Tadqiqotlarning körsatişiça, xonadagi çanglar butun dunyo böylab odamlar hayoti sifatiga ta'sir körsatadi. Havoni nazorat qiliş böyiça yuqori ta'sirçan datçikka ega LG PuriCare havo sifati salbiy köriniş oladigan bölsa, çangning kiçik zarralarini avtomatik ravişda yöq qila boşlaydi. Havo sifatini nazorat qiliş hattoki PuriCare öçiq holda bölsa ham amalga oşiriladi. Qurilma faqat havoni tozalaş kerak bölganida işga tuşadi. PuriCare’ning noyob silindr şaklidagi korpusida havoni tozalaş böyiça eng zamonaviy texnologiya joy olgan – 360 burçakni maksimal tozalaş uçun filtratsiya tizimi 360° TotalCareFilterSystem. CleanBooster tozalaşni yanada kuçaytiriş funksiyasi tufayli esa, LG PuriCare tozalangan havoni 7,5 metrga qadar bölgan radiusda tarqatişga qodir. Bu havoni hattoki eng kiçik xonalarda ham tozalaş imkonini beradi, qurilma yaqinida esa ança yengil havo oqimini yaratadi. Şu tariqa, PuriCare yoş bolali va uy hayvonlariga ega oila uçun ideal yeçimga aylanadi.

Foto: LG
Foto: LG

Ovozi boşqariş funksiyasi bilan maksimal qulaylik

CES körgazmasida şuningdek DUALCOOLThinQ (SM) StandInverter konditsioneri birinçi marta taqdim etiladi, u ovozni taniş funksiyasiga ega. U uyingiz ostonasidanoq yoki boşqa xonadan bitta gap bilan haroratni tartibga soliş imkonini beradi. Energiya samaradorlikning yuqori darajasi va ikkita invertorli kompressor tufayli yuz beruvçi şovqinning past darajasiga qöşimça tarzda, DUALCOOLThinQ (SM) LĞdan DeepThinQ integratsiyalaşgan sun'iy idroki borligi bilan ham ajralib turadi. U xonada bölib turgan odamlarga köproq havoni yönaltiradi, bu xonani farqlaş tufayli yuz beradi. Odamlar borligini aniqlaşdan taşqari, intellektual datçik yordamida inson harakati (IntelligentHumanMovementSensor) bilan havo oqimi kuçi tartibga solinadi, bunda bir odam yoki kişilar guruhi konditsionerga naqadar yaqin joylaşgani muhim ahamiyat kasb etadi. Uyda istiqomat qiluvçilarning har kunlik özini tutiş modelini tahlil qilib, LGDUALCOOLThinQ (SM) uyning qaysi qismini kunning ma'lum bir qismida köproq sovutişni aniqlaydi, bunda optimal harorat yaratiladi va elektr energiyasi tejaladi.