Bugun, 25 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida madaniyat va san'at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lumki, mamlakatimizda barça tarmoqlar qatori madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirişga ham katta e'tibor qaratilib, bu borada keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.

Ayniqsa, şu yil 3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning yurtimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan ötkazgan uçraşuvi soha rivojida yangi tarixiy davrni boşlab berdi. Ana şu uçraşuvda milliy madaniyatimiz, adabiyotimiz va san'atimizni rivojlantiriş bilan boğliq dolzarb masalalar tanqidiy tahlil qilinib, ularni hal etiş yöllari, ijodiy uyuşmalar va davlat taşkilotlari oldida turgan muhim vazifalar körsatib berilgan edi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining şu yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ham mazkur soha rivojiga alohida urğu berilib, xalqimiz, jamiyatimizning ma'naviy yuksalişida madaniyat va san'at ahli oldida turgan vazifalar aniq bayon qilindi.

Bölib ötgan majlisda ana şu vazifalarni bajariş böyiça Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va ijodiy taşkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, bu boradagi işlarni faollaştiriş va yangi bosqiçga kötariş böyiça aniq topşiriq va körsatmalar berildi.

Davlat rahbarining «Özbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantiriş va yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosini ta'minlaş böyiça jadal iş olib borilmoqda. Şunga qaramay, majlisda Badiiy akademiya faoliyatida bir qator kamçilik va muammolar uçrayotgani, ularni tezlik bilan bartaraf etiş lozimligiga e'tibor qaratildi.

Tegişli mutasaddi rahbarlarga P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 400 örinli, Respublika dizayn kollejida 200 örinli öquvçilar turar-joyini quriş böyiça qaror loyihasini tayyorlaş yuzasidan topşiriq berildi.

Majlisda madaniyat va san'at sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy şaroitlarini yaxşilaş, gonorarlar miqdorini oşiriş, yoş iste'dod egalarining salohiyatini yuzaga çiqariş böyiça olib borilayotgan işlarni izçil davom ettiriş ğoyat muhim vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

«Bir haqiqatni heç qaçon esimizdan çiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlaniş darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Şu ma'noda, madaniyat – bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz Özbekistonning yangi qiyofasini yaratişga kirişgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirişimizdan boşlaşimiz lozim», degan Prezident.