BMT boş kotibi Antoniu Guterreş Genriyetta Forni BMT bolalar jamğarmasining (YUNISEF) yangi ijroçi direktori etib tayinladi. For bu lavozimda taşkilotni 2010 yildan boşqarib kelgan Entoni Leyk örnini egallaydi.

Ma'lum qilinişiça, For 40 yillik iş tajribasiga ega va AQŞning xalqaro taraqqiyot agentligiga rahbarlik qilgan ilk ayol hisoblanadi. 

“For AQŞ davlat departamentining turli bölinmalarida lavozimlar egallagan, AQŞ zarbxonasiga rahbarlik qilgan hamda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik qilgan. Bundan avval For Holsman International investitsion kompaniyasi boş direktori bölib işlagan. Bundan taşqari, u dunyo bolalarining taraqqiyoti va farovonligi sohasida işlovçi tijorat va notijorat taşkilotlarining raisi bölgan”, deb ta'riflangan For.  

Genriyetta For yangi majburiyatlarini 2018 yil 1 yanvardan boşlab bajarişga kirişadi.