AQŞning Nyu-York, Filadelfiya va San-Frantsisko şaharlari ma'muriyatlari Pentagonga qarşi sudga da'vo ariza berdi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.

Qonunga köra, mudofaa vazirligi harbiy xizmat vaqtida turli jinoyatlar uçun yoki şarmandalik bilan iste'foga ketkazilgandan keyin qurol sotib oliş va unga egalik qiliş huquqidan mahrum etilgan harbiylar röyxatini Federal qidiruvlar byurosiga jönatişi kerak. Biroq şaharlar ma'muriyatlarining ta'kidlaşiça, Pentagon önlab yillar davomida bu majburiyatiga beparvo qarab kelgan. 

Da'vo arizasida ta'kidlanişiça, aynan şu xato 5 noyabrda Sazerlend-Springs şahri çerkovida otişma sodir etgan jinoyatçiga qurol sotib olişga imkon bergan. Aniqlanişiça, uşbu jinoyatni sodir etgan Devin Kelli 2012 yilda, AQŞ harbiy-havo kuçlari safida xizmat qilganda maişiy zöravonlik işi böyiça harbiy tribunal tomondan sudlangan va qurolga egalik qiliş huquqidan mahrum etilgan.

Pentagon uşbu da'vo arizasini izohsiz qoldirdi. Adliya vazirligi esa jurnalistlarning uşbu holat böyiça murojaatlariga rad javobini bergan.