26 dekabr kuni Moskva şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining norasmiy uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.
Uçraşuvda MDH davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşdagi vazifalar muhokama etildi.
«Aminmanki, MDH doirasidagi hamkorlikni turli sohalarda yanada çuqurlaştiriş davlatlarimiz xalqlari manfaatlariga javob beradi. Davlatlarimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanişi, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaşda oldimizdagi vazifalarni hal qiliş ustida işlaymiz», degan uçraşuv mezboni Putin.
U MDH yetakçilari ötgan yil sarhisobini qiliş va istiqboldagi rejalar haqida suhbatlaşiş, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qiliş uçun yiğilişganini qayd etib ötgan.













