Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shma korxonada mehnat ta'tillari muddati farqlanishi mumkinmi?
SAVOL: Qo‘shma korxonaga ishga joylashayotgan vaqtimda, ish beruvchi korxonaga chet el fuqarolari rahbarlik qilayotganligi sababli, korxonadagi yillik mehnat ta'tili 12 kunni tashkil etishini aytdi. Bu to‘g‘rimi?
J.Abirov
JAVOB: Bu — noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 5-moddasiga muvofiq mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas. Shu bilan birga, Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta'til berilishi nazarda tutilgan.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:30 / 05.05.2026
Farzand tug‘ilganda otaga ham ta’til berilishi mumkin
18:19 / 13.06.2023
Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari raqamlashtirildi
14:13 / 23.07.2021