Olimlarning bu xulosalari dökonga pişloq uçun yugurişga majbur qiladi yoki aksinça, iştahani buzadi. "Layfxaker" pişloq tarkibi, uning foydasi va zarariga doir maqolasini taqdim etdi.
Pişloqning foydasi
Kuçli qiladi
100 gramm pişloqda 25 gramm oqsil böladi, ular esa, muşaklar uçun "quriliş materiali" hisoblanadi, immunitetni oşiradi, ösiş, rivojlaniş va hujayralarning qayta tiklaniş jarayonlarida iştirok etadi. Şuning uçun muşak massasi töplaşni niyat qilgan kişilar köproq oqsil iste'mol qilişga harakat qilişadi.
Suyaklarni mustahkamlaydi
Organizmdagi kalsiyning taxminan 99 foizi suyaklar va tişlarda saqlanadi. Qolgan 1 foizi esa - qon va töqimalarda. Agar qonda kalsiy yetişmasa, organizm uni suyaklardan oladi. Bunday "kredit" uzoq davom eta olmaydi: suyaklar mörtlaşadi, osteoporozning rivojlaniş xavfi oşadi.
Şuning uçun ratsionga kalsiyga boy mahsulotlar, şu jumladan, pişloqni kiritiş muhim. 100 gramm pişloq kalsiy iste'molining kundalik normasini ta'minlay oladi: unda bu makroelement - taxminan 1000 milligramm. Aniq miqdor navga boğliq. Qattiq va yarim qattiq navlarda, masalan, parmezan, çedder va gaudda kalsiy köproq.

Bundan taşqari, pişloq — D vitaminiga ega kam sonli mahsulotlardan biri. Xususan, u kalsiyni yaxşiroq özlaştirişga yordam beradi. D vitamini odatda inson organizmida quyoş nurlari ta'siri ostida sintezlanadi. Şu bois qişning bulutli kunlarida uning qöşimça manbalarini topiş juda muhim.
Quvvat baxş etadi
Pişloqda eritrotsitlar şakllanişida qatnaşuvçi B12 vitamini mavjud. Bu qizil qon tanaçalari töqimalar va organlarga kislorod yetkazib beradi. Şunday ekan, agar insonga B12 vitamini yetişmasa, hujayralarda kislorod yetişmovçiligi kuzatiladi, bu esa holsizlaniş, parişonxotirlik va nafas oliş bilan boğliq muammolarga olib keladi. Demak, erkin nafas oliş uçun pişloq iste'mol qiliş kerak ekan.
Bundan taşqari, pişloq ançagina kaloriyali mahsulot (örtaça 100 gramm pişloqqa 300-400 kkal), bu esa uning ançagaça töq tutişi va quvvat baxş etişi mumkinligidan dalolat beradi.













