Qirğizistonning Jalolobod davlat universiteti talabalaridan biri öz mamlakati boş vaziri Sapar Isoqovni «Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev kabi işlaşga» çaqirdi.

Talaba bu haqda Jalolobod davlat universitetining Qirğiziston hukumati rahbari bilan 26 dekabr kungi uçraşuvida aytib ötdi. Isoqov mintaqa böylab amaliy safarni amalga oşirmoqda.

Xususan, talabaning tuşuntirişiça, qöşni davlat rahbari yiğiliş davomida qöyilgan savollarga javob qaytara olmagan bir neça vazirlarni işdan böşatgan. Uning fikriga köra, Qirğizistonda hokimiyat vakillari ham şunday qat'iy bölişi kerak.

Öz navbatida, Sapar Isoqovning javob qaytarişiça, u yopiq eşiklar ortida har bir amaldorga yuqori talab qöyadi va kerak bölganda, ularni işdan böşatiş haqida qaror qabul qiladi.