2017 yilda dunyodagi milliarderlar deryali 1 trillion dollarga boyidilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi özining 500 nafar eng boy odamlar reytingidagi ma'lumotlar asosida ma'lum qildi.  

Tadqiqotning körsatişiça, bu röyxatdagi 440 milliarderning umumiy boyligi 1,05 trln dollargaça oşgan. Reytingdagi 58 milliarderning boyligi esa 46 mlrd dollarga kamayib ketgan. 

Röyxatda keltirilgan eng boy odamlarning umumiy boyligi 2016 yil 27 dekabriga nisbatan 23 foizga oşgan. 

Röyxatda keltirilgan 159 nafar amerikalik milliarderning umumiy boyligi 18 foizga oşib, 2 trln dollarni taşkil qildi. Xitoyning 38 nafar eng boy odamining umumiy boyligi 65 foizga yoki 177 mlrd dollarga oşgan. Xitoyda boy odamlarning davlati oşişi sur'atlari dunyoda eng yuqori böldi. 

27 nafar rossiyalik milliarderning umumiy boyligi 28 mlrd dollarga oşib, 275 mlrd dollarni taşkil qilgan. 

Bloomberg talqiniga köra, sayyoramizning eng boy odamlari röyxatining eng yuqori poğonasini amerikalik tadbirkor, Amazon internet-riteyleri rahbari Jyeff Bezos egallamoqda. Uning boyligi 99,6 mlrd dollarga baholanmoqda va körinişiça yaqin orada u boyligi 100 mlrd dollardan oşadigan ilk odam böladi. Bezosning boyligi bir yil içida 34,2 mlrd dollarga köpaygan va bu unga Microsoft asosçilaridan biri, köp yillar davomida dunyoning eng boy odami bölib  kelgan Bill Geytsni 2-öringa tuşirişga imkon bergan. Hozirda Geytsning boyligi 91,3 mlrd dollarni, bir yil davomidagi ösiş 8,9 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.  

Bloomberg reytingiga köra, hozirda eng boy xitoylik umumiy röyxatda 26-örinni egallayotgan, Evergrande developerlik kompaniyasi boşqaruv raisi Syuy Tszyain hisoblanadi. Uning boyligi 33,3 mlrd dollarga baholangan va ötgan bir yil içida 22,.7 mlrd dollarga yoki 350 foizga köpaygan.