AQŞning San-Diyego şahrida (Kaliforniya ştat) AQŞ prezidenti Donald Tramp öz saylovoldi kompaniyasida Meksika bilan çegarada qurişga va'da bergan devorning 8 ta maketi taqdim qilindi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.

Ayni vaqtda AQŞ çegara xizmati mutaxassislari turli kompaniyalar tomondan yaratilgan 8 ta turli devorni sinovdan ötkazişmoqda. 

Foto: Global Look Prees/K.C. Alfred

“Bu xalqaro hamjamiyatga biz dunyodagi eng ajoyib, buyuk davlat ekanimizga va AQŞga kelmoqçi bölganlarga qonuniy usullardan foydalanişni qat'iyan tavsiya qilişimizga işoradir”, deb aytdi çegara xizmatining mahalliy bölimi boşliği.  

Sky News’ning ma'lum qilişiça, Meksikadan AQŞga keluvçi noqonuniy muhojirlarning soni 30 yil içida qisqarib borgan: 1986 yilda bundaylar 628 ming kişini taşkil qilgan bölsa, 2016 yilda 31 ming kişini taşkil qilgan.