Uçköprik tumanidagi umumiy örta ta'lim maktablarining birida 2011-2014 yillarda byudjyet mablağlarining sarflanişi hujjatli taftişdan ötkazilganda jiddiy qonun buzilişi holatlari aniqlanib, jinoyat işi qözğatiladi. Mavjudaxon Saparova (ism-familiyalar özgartirilgan) jinoiy javobgarlikdan qoçib, 2015 yil fevral oyida yaşirinça xorijga çiqib ketadi. Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida yaşaydi. Unga nisbatan qidiruv e'lon qilinadi va 2017 yil may oyida uşlangan M.Saparovaning işi sudda körildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
- Hamma işni bir özim qilganman, - dedi aybiga töliq iqror bölgan sudlanuvçi. – Maktabimiz direktori menga işongani tufayli bu işlarimdan bexabar bölgan. Undan muhrni har xil bahona bilan olib qalbaki tölov hujjatlariga muhr bosganman. Direktorning imzosini öxşatib qöyganman...
Maktab hisobçisi M.Saparova xodimlar, öqituvçilar öziga işonib topşirib qöygan plastik kartoçkalarga iş haqlariga nisbatan köproq mablağlarni ötkazdirib, ortiqça pullarni özlaştirib olaveradi. 2011 yil mobaynida özining va 38 nafar xodimning plastik kartoçkalariga iş haqlariga nisbatan jami 29 mln. 168 ming söm ortiqça ötkazilgan pullarni şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuboradi. Yuqoridagidek yösinda 2012 yilda 34 nafar xodimning plastik kartoçkalariga ortiqça ötkazgan 93 mln. 824 ming söm, 2013 yili 29 nafar xodimning kartoçkalariga ortiqça tuşirib olgan 72 mln. 881 ming söm, 2014 yilda 10 maktab xodimi va işdan böşab ketgan 4 nafar şaxsning plastik kartoçkalariga 29 mln. 781 ming söm noqonuniy ortiqça ötkazilgan pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun xarjlaydi. Bundan taşqari, 27 ta holatda umuman homiladorlik ta'tiliga çiqmagan xodimlarning plastik kartoçkalariga noqonuniy ravişda ötkazdirib olgan 31 mln. 235 ming söm pullarni ham jiğildoniga uradi. Tört yil mobaynida jami 266 mln. 134 ming söm byudjyet mablağlarini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilib davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazadi.
- Tergov davomida zararning örnini qoplagani mablağim yöq edi, - dedi sudlanuvçi. – Boşqaça yöllarni axtardim. 2014 yilning dekabr oyida maktab kompyuterida zarar qoplangani haqida soxta topşiriqnomalarni yozib qoğozga köçirganman. Işonçli bölişi uçun tuman ğaznaçilik bölimining mutaxassislari xonasiga kirib, ulardan iş haqlari tölov topşiriqnomasiga bosib olaman, deya muhrlarni sörab olganman. Aldab olgan muhrni zararni qoplaşga pul ötkazilgani töğrisidagi soxta tölov topşiriqnomalariga bosganman. Zarar örni qoplanib, jazodan qutulib qolişga umid boğlagandim. Biroq, men öylagandek bölmadi. Şundan keyin, noqonuniy yöl bilan qölga kiritib, sarflab yuborilgan pullarning örnini qoplaşga közim yetmasdan, çet elga qoçib ketdim.
Qinğir işning qiyiği qirq yildan keyin ham oşkor böladi deganlaridek, M.Saparovaning nayranglari ötmadi. Tekşirişlarda uning qilmişlari huquq-tartibot idoralari tomonidan foş etildi.











