09:41 / 28.12.2017
27452

«Liverpul» shov-shuvli transferni hal qildi. Rekord mablag‘ evaziga

Foto: Reuters

«Sauthempton» himoyachisi Virjil van Deyk 1 yanvarda rekord summa evaziga «Liverpul»ga o‘tadi. Bu haqda ikki klub rasmiy saytida xabar berilgan.

«Sauthempton» Virjil van Deyk transferi borasida «Liverpul» bilan kelishib olganini tasdiqladi. Klub himoyachi transferi uchun yangi jahon rekordini o‘rnatadigan taklifni qabul qilgan.

Hozirda transferning aniq summasi e'lon qilinmadi. OAV bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» van Deyk uchun 75-85 mln yevro to‘laydi. 

«Liverpul» saytida ham kelishuv tasdiqlangan. 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 4-raqamda to‘p suradi. Uning «Liverpul» futbolkasini ko‘tarib turgan surati ham e'lon qilindi.

Foto: Liverpool Echo and Goal

Qayd etish kerakki, «Liverpul» bu futbolchini yozdayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgandi, ammo «Sauthempton» bu transferga qattiq qarshilik qilgandi. Mersisaydliklar futbolchi uchun raqobatda «Chelsi» va «Manchester Siti» klublarini ortda qoldirdi.

Van Deyk «Sauthempton»da 2015 yil yozidan buyon to‘p suradi. U joriy mavsumda klub safida 12 o‘yin o‘tkazdi. 2015 yilgacha u Shotlandiyaning «Seltik» va Niderlandiyaning «Groningen» klublarida o‘ynagan. U milliy terma jamoa safidagi debyutini 2015 yil oktabrida o‘tkazgan, shu vaqtgacha 16 o‘yinda maydonga tushgan.

Mavzuga oid
Top