Tinib-tinçimas Ilon Mask avtomobillar bozorida inqilob qilişdagi intilişida töxtaşni istamayapti. Tesla yuk maşinasi taqdim qilinganidan unça köp vaqt ötmagan bölsa-da, ixtiroçi tvitterda öz kompaniyasining kelgusi rejalari bilan bölişdi.
Mask Tesla pikap işlab çiqarişiga umid bildirgan foydalanuvçiga “Biz Model Y çiqişi bilanoq pikap işlab çiqamiz. Men 5 yildan beri uning loyihaviy va muhandislik elementlari ustida fikr yuritmoqdaman va uni işlab çiqarişni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deb javob qilgan.
Maskning aytişiça, yangi maşinaning ölçamlari Ford F-150 modelinikiga yaqin böladi. Mask ançadan beri pikap yaratişni rejalaştirib yuradi. Biroq bu maşina yaqin 3 yilda çiqişi dargumon, çunki Mask eslab ötgan Model Y krossoveri bozorga 2020 yildan keyin çiqişi kutilmoqda.

















