2018 yilning bahorida Toşkentdan Issiqkölga temir yöl qatnovi oçiladi. Toşkent – Bişkek – Baliqçi, deb xabar berdi Qirğiziston hukumatining Jogorku Keneşdagi vakili Aşirbek Temirbayev bugun, 28 dekabr kuni Jogorku Keneş yiğilişida.

Kelişuvlarga köra, uşbu reys haftasiga bir martadan qatnaydi, deya xabar bergan u.

Bişkek – Jalolobod qatnovini oçiş böyiça taklifni esa hukumat e'tiborga olişi ma'lum qilindi.

23 dekabrdan «Eyr Manas» kompaniyasi Bişkek – Toşkent va Öş - Toşkent reyslarini haftasiga ikki martadan yölga qöydi.

Şuningdek, 25 dekabr kuni Qirğiziston delegatsiyasi Özbekistonda Öş – Qöqon, Öş – Andijon, Öş – Farğona hamda Özbekistondan Jalolobod va Qizilqiyga avtobus reyslarini yölga qöyiş masalasini muhokama qildi.

«Bunday qarorlar Sooronbay Şaripoviçning Özbekistonga rasmiy taşrifi davomida muvofiqlaştirildi», - deya xabar berdi Temirbayev.