Özbekiston hududidagi 133 postdan 66tasini tugatiş töğrisida xulosalar tayyorlandi. Bu haqda Özbekiston içki işlar vaziri Pölat Bobojonov ÖzA muxbiri bilan suhbatida ma'lum qildi.

«Biz qisqa muddat içida barça postlar faoliyatini tanqidiy qayta körib çiqamiz. Mamlakatimiz hududida 133ta ana şunday post bor. Şundan 60ta yöl-patrul xizmati maskani va 73ta patrul-post xizmati statsionar maskani joylaşgan. Dastlabki örganişlarni boşladik. Mana şu jami 133 postdan 66tasini tugatiş töğrisida xulosalar tayyorlandi va bu boradagi işlar davom ettirilmoqda», dedi u.

Vazirning qöşimça qilişiça, xalqning takliflari, yurt tinçligi va osoyiştaligini saqlaşni hisobga olgan holda ularni keskin ravişda kamaytiriş çoralari köriladi. Içki işlar organlarining yöl-patrul va patrul-post xizmatlari xodimlari bosqiçma-bosqiç videokameralar bilan ta'minlanadi.

Bundan avvalroq Andijon şahriga kiraverişda ana şunday postlardan biri faoliyati töxtatilgani haqida xabar qilingandi.

Andijon-Namangan avtomagistrali orqali Andijon şahriga kirişdagi xalqa yöl 36-YHXga qaraşli post faoliyatini töxtatgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar örtasidagi postlarning joylaşuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham katta salbiy ta'sir körsatayotganini tanqid qilgan va buni bartaraf etiş çoralari körilişini talab etgandi.